Yordam markazi

Ulov+ (avtomobil egalari uchun) va Ulov (servis markazlari uchun) ilovalari bo'yicha savol yoki muammolaringiz bo'lsa — quyida eng ko'p uchraydigan holatlar va bizning aloqa ma'lumotlarimiz.

Yangilangan: 10 sentabr 2026

1.Bog'lanish

KanalManzilJavob vaqti
Telefon+998 97 001 70 4009:00 – 21:00, Toshkent vaqti
Emailinfo@ulovgroup.uzOdatda 1 ish kuni ichida
Telegram@ulovgroupIsh vaqtida

Muammoni tezroq hal qilish uchun xabaringizda quyidagilarni ko'rsating: qaysi ilova, telefon modeli va OS versiyasi, ilova versiyasi, va nima qilganingizda xatolik chiqqani.

2.Ro'yxatdan o'tish va kirish

SMS kodi kelmayapti

Telefon raqami to'g'ri kiritilganini va aloqa borligini tekshiring. Kod bir necha daqiqa amal qiladi — muddati o'tgan bo'lsa qaytadan so'rang. Ketma-ket ko'p urinish qilinsa, tizim vaqtincha yangi kod yuborishni to'xtatadi; bir necha daqiqa kutib qayta urinib ko'ring.

Parolni unutdim

Kirish sahifasidagi "Parolni unutdingizmi?" tugmasini bosing, telefon raqamingizni kiriting va SMS orqali kelgan kod bilan yangi parol o'rnating.

Raqamimni o'zgartirmoqchiman

Telefon raqami hisobning asosiy identifikatori bo'lgani uchun uni ilovadan o'zgartirib bo'lmaydi. info@ulovgroup.uz ga eski va yangi raqamni ko'rsatib yozing.

Kirolmayapman, parol to'g'ri

Ilovaning eng so'nggi versiyasi o'rnatilganini tekshiring. Muammo davom etsa, ilovadan chiqib qayta kiring; shunda ham bo'lmasa, biz bilan bog'laning — hisobingiz holatini tekshiramiz.

3.Bildirishnomalar va jonli kuzatuv

Bildirishnoma kelmayapti

  • Qurilma sozlamalarida ilovaga bildirishnoma ruxsati berilganini tekshiring
  • Quvvat tejash rejimi (battery saver) ilovani cheklab qo'ymaganini tekshiring — Android'da bu eng ko'p uchraydigan sabab
  • Ilovadan chiqib qayta kiring: shunda push token yangilanadi

Qulflangan ekranda jonli panel ko'rinmayapti

Bu funksiya iOS 16.2 va undan yuqori versiyalarni talab qiladi; Dynamic Island esa iPhone 14 Pro va undan keyingi modellarda. Sozlamalar → Ulov+ → Live Activities yoqilganini tekshiring.

Vaqt noto'g'ri hisoblanyapti

Jonli paneldagi vaqt servis markazi ishni boshlagan paytdan hisoblanadi va ish to'xtatilgan (pauza) davrlarni hisobga olmaydi. Farq katta bo'lsa, servis markazi ish holatini to'g'ri belgilamagan bo'lishi mumkin.

4.Servis va buyurtmalar

Avtomobilim ilovada ko'rinmayapti

Avtomobil sizning hisobingizga bog'langan bo'lishi kerak. Servis markazi mashinani qabul qilganda uni sizning telefon raqamingizga bog'laydi — raqam to'g'ri aytilganini tekshiring.

Servis kiritgan ma'lumot noto'g'ri

Bajarilgan ish, narx va vaqtni servis markazining o'zi kiritadi va o'zi tuzatishi mumkin. Avval markazga murojaat qiling. Masala hal bo'lmasa, bizga yozing — biz vositachilik qila olamiz, lekin ish sifati uchun javob bermaymiz.

Mashinani sotdim, tarix nima bo'ladi

Xizmat tarixi avtomobilga bog'langan holda qoladi — bu keyingi egaga to'g'ri ta'mirlash uchun kerak. Lekin siz kiritgan xarajat summalari yangi egaga ko'rinmaydi.

5.Servis markazlari uchun

Markazni ro'yxatdan o'tkazish

Ulov ilovasini yuklab oling va ariza qoldiring: markaz nomi, manzili va aloqa raqami. Arizani ko'rib chiqib, tasdiqlangach ilovaga kirish ochiladi.

Xodim qo'shish

Markaz egasi hisobidan: Sozlamalar → Xodimlar. Har bir xodimga o'z telefon raqami bilan kirish beriladi.

"Bu avtomobil sizning markazingizda xizmat ko'rsatilmagan"

Avtomobilning VIN, davlat raqami yoki texnik pasport kabi shaxsini belgilaydigan maydonlarini faqat uni qabul qilgan markaz tahrirlashi mumkin. Probeg yoki rang kabi boshqa maydonlarni tahrirlash cheklanmagan.

Obuna va to'lov

Amaldagi tariflar, sinov muddati va hisob-faktura bo'yicha info@ulovgroup.uz ga yozing.

6.Ma'lumot va hisob

Ma'lumotlarim kimga ko'rinadi

To'liq javob maxfiylik siyosatida. Qisqasi: servis markazi avtomobilning ish tarixini ko'radi, lekin boshqa markaz kiritgan narxlarni ko'rmaydi.

Hisobimni o'chirmoqchiman

Tartib alohida sahifada tavsiflangan.

Foydalanish shartlari

Foydalanish shartlari sahifasida.

7.Xatolik haqida xabar berish

Ilovada xatolik topsangiz, quyidagilarni yuboring — muammoni takrorlash imkonini beradi va tuzatish tezlashadi:

  1. Qaysi ilova va uning versiyasi (Profil sahifasining pastida yozilgan)
  2. Telefon modeli va OS versiyasi
  3. Nima qilgansiz va nima kutgansiz
  4. Nima bo'ldi — iloji bo'lsa ekran rasmi bilan

Manzil: info@ulovgroup.uz